Kopa Amerika-2019. Argentina Venesuelani taslim etib, yarim finalda Braziliya bilan to'qnash keladigan bo'ldi

Eldor Akmurzayev
29 iyun 2019, 01:55
Musobaqaning chorak finalidan o'rin olgan Argentina – Venesuela bahsi bo'lib o'tdi.

Mazkur uchrashuvda Messi sardorligida terma jamoa g'alaba qozonib, yarim finalga yo'l oldi. Argentina final ostonasida musobaqa mezboni Braziliya bilan to'qnash keladi. Ushbu o'yin, 2 iyul sanasida (Tosh. vaqti bilan 3 iyul kuni) bo'lib o'tadi.

Venesuela – Argentina 0:2 

Marakana

Gollar: 0:1 – 10 Martines, 0:2 – 74 Lo Chelso.

Venesuela – Farines, Ernandes, Chanselor, Rosales (Seyxas, 83), del Pino Mago (Soteldo, 56), Rinkon, Errera, Murilo, Moreno, Machis (Martines, 71), Rondon.

Argentina – Armani, Foyt, Peccelya, Otamendi, Akunya (Lo Chelso, 68), Paredes, de Paul, Talyafiko, Martines (Di Mariya, 64), Aguero (Dibala, 85), Messi.

Ogohlantirishlar: Rinkon (12), Errera (15), Martines (16), Akunya (42), Rondon (44), Soteldo (90).

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia