

“Sanches - kuchli o'yinchi. Biz unga MYUda yo'qotgan jismoniy holatini qaytarishda ko'mak berishimiz kerak. Aleksis bizning o'yin uslubimizga moslashishi kerak. U hozir buning ustida ishlamoqda. Sanches yaxshi insoniy sifatlarga ega. U haqiqiy jamoaviy o'yinchi. Hozirda uning jismoniy holati ancha yaxshilandi. Uning ko'proq gol urishiga umid qilamiz”, - deydi Konte.



