Konte: “Real” bilan o'yin biz uchun final bo'ladi”

Eldor Akmurzayev
24 noya 2020, 21:40
Chempionlar Ligasi 4-turi 26 noyabrda o'tkaziladigan “Inter” – “Real” bahsi oldidan mezbonlar ustozi Antonio Konte o'z fikrlari bilan bo'lishdi.

“Bu biz uchun final. Ikki durang, Madriddagi mag'lubiyatdan so'ng, biroz vaziyatni o'nglash uchun “Real”ni engishimiz kerak.

Qiyin o'yin bo'ladi. “Real”ni bilamiz, hatto yaqin tarix bu haqda aytib turibdi. Biroq, istasak g'alaba qozonishimiz mumkin. Borimizni bag'ishlagan holda va e'tiborni jamlab harakat qilishni yaxshi bilamiz”, deydi Konte.

Eslatib o'tamiz, Madriddagi bahsda Zinedin Zidan shogirdlari 3:2 hisobida zafar quchishgan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: UEFA