Konte Mourinyu “Roma” bosh murabbiy bo'lganiga munosabat bildirdi

Eldor Akmurzayev
5 may 2021, 20:58
“Inter” ustozi Antonio Konte portugaliyalik hamkasbi Joze Mourinyuga omad tiladi.

“Mourinyu “Roma”da? Bu ajoyib xabar. Oramizda hech qanday adovat yo'q. Unga muvaffaqiyatlar tilayman, “Inter”ga qarshi o'yinlar esa bundan mustasno.

Ishontirib aytamanki, biz bir-birimizni hurmat qilamiz. Uchrashganimizda esa albatta quchoqlashamiz, hech qanday nizo yo'q”, deydi Konte.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Football Italia