

Antonio Konte Joze Mourinyu "Roma"dan ketadigan bo'lsa, jamoa bosh murabbiyi bo'lishga asosiy nomzodlardan biri. Portugaliyalik murabbiyning jamoadagi kelajagi hozircha mavhum bo'lib turibdi. Rim klubi rahbariyati esa klub bosh murabbiyligiga boshqa nomzodlar haqida o'ylashni boshlab yuborgan.
Antonio Konte hozirda "Tottenxem" bosh murabbiyi bo'lishiga qaramay, uning amaldagi shartnomasi mavsum oxirida yakuniga etadi. Bundan tashqari, Konte shu hafta iste'foga chiqarilishi kutilmoqda.
Ma'lumot uchun, Joze Mourinyu nomzodi PSJ klubining asosiy maqsadi bo'lib turibdi.



