

Ayni damda 24 yoshli futbolchi APLda 3ta gol urdi va ularning barchasi bosh bilan kiritilgan.
"U bosh, oyoq, ko'krak bilan gol uradimi - farqi yo'q. U gol urib, o'sishda davom etishi muhim. Morata - ajoyib hujumchi va unutmang, u juda yosh. U hali katta o'sishga erishishi mumkin.
U yoshligiga qaramasdan, "Real" va "Yuventus"da o'ynadi. Morata ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritdi va unda terma jamoada o'ynash tajribasi bor. U jamoamizda ekanligidan xursandmiz. Alvaro ajoyib yigit va eng yaxshilardan biri bo'lishga intiladi" - deydi Antonio Konte.



