Konte: "Azar "Chelsi"da o'ynab rohatlanmoqda"

Aziz Tukhtamuradov
26 noya 2017, 21:55
Chelsi bosh murabbiyi Antonio Kontening fikricha, Eden Azar uning qo'l ostida o'yinini kuchaytirdi.

"Azar ayni paytda ajoyib formada. Unga hujumchi rolida o'ynash yoqyapti deb o'ylayman. Meni xursand qiladigan tomoni, u Morata bilan bir-birini juda yaxshi tushunmoqda", - dedi Konte.

Avvalroq, "Chelsi" rahbariyati Azarga yangi shartnoma taklif qilayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: ESPN