Konferenciyalar Ligasiga qura tashlandi: "Chelsi" Qozog'istonga boradi, "Betis" Moldovaga safar qiladi

Sherzod Nurmatov
30 avg 2024, 18:53
Monakoda Konferenciyalar Ligasining 2024/25 yilgi mavsumi umumiy bosqichiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

36 ta jamoa o'z raqiblarini bilib oldi.



Konferenciyalar Ligasining guruh bosqichi 3 oktyabrda boshlanadi va 19 dekabrda yakunlanadi. Ochkolar umumiy jadvalda hisobga olinadi. Eng yaxshi sakkizta jamoa to'g'ridan-to'g'ri 1/8 finalga yo'l oladi. Qolgan sakkizta yo'llanma 9-24-o'rinlarni egallagan jamoalar o'rtasida pley-off bosqichida o'ynaladi. 25-36-o'rinlarni egallagan jamoalar evrokuboklardagi ishtirokini to'xtatadi.

Guruh bosqichi o'yinlarining yakuniy taqvimi va boshlanish vaqtlari 31 avgustdan keyin e'lon qilinadi, chunki Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasi jamoalari o'sha kuni bir shaharda o'ynamasligi lozim.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia