
Tashkilot ishtirokchilar sonini 6 tadan 15 yoki 24 taga oshirib, turnirni har ikki yilda bir marta yozda o'tkazmoqchi.
ECA g'oyasiga ko'ra, unda Chempionlar ligasi va Libertadores Kubogining so'nggi ikki g'oliblari ishtirok etishadi, Yevropa va Janubiy Amerikaning qolgan klublari FIFA reytingi bo'yicha saralanishadi, shu bilan birga boshqa hududlardan ham jamoalar ishtirok etishi mumkin.
Agar ECAning rejasi amalga oshsa, klublar o'rtasidagi jahon chempionati Konfederatsiyalar Kubogi o'rnini egallaydi. 2017 yil Rossiyada bo'lib o'tadigan Konfederatsiyalar Kubogi so'nggi turnir bo'ladi.