Konate: "Mbappe aqlbovar qilmas mavsumni o'tkazdi"

Mirjalol Normatov
4 iyun 2025, 22:27
"Liverpul" futbolchisi Ibraima Konate terma jamoadoshi Kilian Mbappening "Real"dagi ilk mavsumiga baho berdi.

26 yoshli hujumchi Madrid klubidagi ilk mavsumida 56 o'yinda 43 gol urdi va ikkita sovringa ega chiqdi.

"U "Oltin butsa"ga ega chiqdi. Kilian doimiy ravishda matbuotning bosimida bo'ldi. Shunda ham aqlbovar qilmas mavsum o'tkazdi.

Ha, Mbappe balki katta sovrin yutmagandir, lekin u maydonda yakka o'zi emas, unga jamoasi yordam berishi kerak", - dedi "Liverpul" va Fransiya termasi himoyachisi Konate.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: RMC Sport