Manchester Siti va Belgiya terma jamoasi himoyachisi Vensan Kompani jarohat oldi.
Futbolchi Gollandiyaga qarshi o'yinda asosiy tarkibga kiritilgandi, biroq o'yin boshlanmay turib Kompani maydonga tushmasligi ma'lum bo'ldi. Murabbiylar shtabi Kompanining sog'ligi bilan tavakkal qilishni istashmadi.