Koman "Bavariya" bilan shartnomani uzaytiradi

Alisher
12 yanv 2022
"Bavariya" yarim himoyachisi Kingsli Koman Myunxen klubi bilan shartnomani uzaytiradi.

Jurnalist Kerri Xauning xabariga ko'ra, bosh murabbiy Yulian Nagelsmann 25 yoshli fransiyalik bilan shartnoma uzaytirilishini talab qilmoqda.

Yarim himoyachi boshqa klublarning qiziqishiga qaramay, Nagelsmann bilan yaxshi munosabatlari sabab Myunxen klubi taklifini qabul qildi.

Koman joriy mavsum "Bavariya" tarkibida 17ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 2ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: sport-express.ru