Kolumbiyada o'yin payti futbolchiga pichoq uloqtirildi

Оқил Абдубарноев
23 apr 2024, 23:50
Tig'li buyum o'yinchining boshiga tekkaniga qaramay, uchrashuv davom ettirilgan.

Kolumbiya Aperturasining 18-turidan o'rin olgan "Independente Medelin" - "Atletiko Nasonal" uchrashuvida ko'ngilsiz hodisa ro'y berdi. Qiziqarli kechgan bahs 2:2 hisobida yakunlandi.

O'yinning ikkinchi bo'limiga qo'shib berilgan ikkinchi daqiqasida tribunadan uloqtirilgan pichoq burchak zarbasini amalga oshirishga hozirlik ko'rayotgan Pablo Cheppelining boshiga tegdi. 


Futbolchi qarshisiga darhol tibbiy xodimlar yetib kelgan, biroq hakam bellashuvni davom ettirishga qaror qilgan. Qayd etilishicha, futbolchi jiddiy jabrlanmagan.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: ASpor