“Qizillar” mavsumning uchta o'yinini ham quruq o'tkazgan holda g'alaba qozonib yuz foizlik natija bilan boshlashdi.
Jamoasining rasmiy saytiga bergan intervyusida u shunday dedi: “Bu muvaffaqiyat kalitidir. Yuqori darajali jamoaviy ruh bilan har qanday turnir g'olibi bo'lish mumkin. Ayrim o'yinchilarning alohida mahorati albatta katta ahamiyatga ega, lekin asosiysi bu birdamlik. Bitta o'yinchining yorqin o'yini bilan faqat bitta o'yinni yutish mumkin, lekin trofey yutish uchun esa hammaning ishtiroki zarur”.
“Yutuqlarga muvaffaqiyatli erishish uchun jamoaviy o'yinga zo'r berish kerak. Bu haqiqatdan biz uchun juda muhim, modomiki biz jamoaviy o'yinchilar hisoblansak, maqsad uchun birlashishimiz va turnirlarda g'olib bo'lishga munosib futbol ko'rsatishimiz kerak. Sen maydonga chiqmasang ham jamoaga yordam berishing zarur. Jamoadoshlaring seni g'oyibona qo'llab-quvvatlab turganligingni his qilishlari kerak”.
“Liverpul”ga o'tganidan beri Ture hali faqat bitta o'yinni o'tkazib yubordi, u ham bo'lsa “Yunayted”ga qarshi muhim o'yin edi. Koloning aytishicha o'sha paytda uning barcha hayoli “Enfild”dagi maydonda bo'lgan ekan.
“Sen o'z jamoadoshlaringa hech qanday yordam bera olmasang juda og'ir bo'lar ekan. Yunayted bilan bo'ladigan o'yin yuqori darajali ahamiyatga ega edi va biz oxirida g'alabaga erishdik. Bu meni hotirjam qildi, chunki men ko'rdim jamoa juda yaxshi o'ynadi. Biz o'yinni boshqardik va o'yinning borishini to'liq nazorat qildik. Agar sen bunday o'yinlarda o'ynay olmasang jamoadoshlaringni g'alabasi seni yupatar ekan”.
Hozirda “Liverpul” Premer-Ligadagi maksimum ochko olgan yagona jamoa hisoblanadi. Ture esa “qizillar”ning bunday muvaffaqiyatli startidan hayratda emas ekan.
“Turnir jadvalidagi vaziyat bizga qo'shimcha kuch bag'ishlaydi. Men hozirgi muvaffaqiyatimizdan hayratlanganim yo'q. Bu natija biz mavsum oldi tayyorgarlik jarayonida zo'r berib ishlaganimiz va hafta davomidagi mashg'ulotlardir. Bizning murabbiy va uning shtabi sharofati bilan biz to'g'ri ishladik va muvozanatni yo'qotmadik. Biz shunday ruhda davom etishimiz zarur va natija albatta bo'ladi”.