Kokorin va Mamaev kafedagi janjal videosi uchun 5 mln rubl taklif qilishgan ekan (+VIDEO)

Aslanov Jasurbek
9 okt 2018, 15:46
"Zenit" hujumchisi Aleksandr Kokorin va yarim himoyachi "Krasnodar" yarim himoyachisi Pavel Mamaev o'zlari ishtirokidagi videoning tarqalib ketishini oldini olmoqchi bo'lishgan.

Videoda Kokorin va Mamaev avtomobil sanoati departamenti direktori Denis Pakni do'pposlagani aks etgan.

Ma'lumotlarga ko'ra, voqeadan bir necha soat o'tib o'yinchilarning do'stlari kafega qaytishgan va video uchun xodimlarga 5 mln rubl taklif qilishgan. Ularni binoda xavfsizlik xizmati xodimlari borligi havotirga solmagan. Biroq kaltaklangan mansabdor haydovchisi futbolchi do'stlaridan chaqqonroq chiqdi va videoni policiyaga taqdim etdi.

Oldinroq, Kokorin va Mamaev Denis Pakdan oldin yana bir kishini kaltaklagani haqida xabarlar paydo bo'lgan edi.

Videoni TELEGRAM kanalimizdan ko'chirib olishingiz mumkin: TELEGRAM

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com