Klyuyvert MYU tufayli "Ayaks"da taklif qilinayotgan yuqori maoshni rad etmoqchi

Mirjalol Normatov
4 may 2018, 11:47
"Ayaks" hujumchisi Jastin Klyuyvert "Manchester Yunayted" qiziqishlari doirasida.

Futbolchi yozda APLda ko'rinish berishi mumkin.

18 yoshli hujumchi bu mavsumda Amstyerdam jamoasi uchun barcha turnirlarda 29 gol kiritishga erishdi va ko'plab jamoalarning qiziqishlariga sababchi bo'ldi.

Ayni damda "Ayaks" Jastin uchun yaxshilangan maoshli shartnoma taklif etishni rejalashtirmoqda. Biroq "Mirror" xabariga ko'ra, futbolchi yozda MYUga o'tishni istaydi va "Ayaks"dan taklif qilinishi kutilayotgan shartnomaga rozi bo'lmoqchi emas.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mirror