Klublar PFLdan mukofot pullarini kutishmoqda

Narzulla Saydullayev
7 dek 2018, 12:58
Bu yil yangicha formatda o'tgan Superliga ham, PRO-liga ham o'z yakuniga yetib bo'ldi.

Sovrindorlar aniqlandi, omadsizlar ham ma'lum bo'ldi.

Barcha klublarimiz qishki tatilga chiqib ketishdi. Dekabr oyi ikkinchi yarmidan jamoalar 2019 yilgi mavsumga tayyorgarlikni boshlashadi.

Oxirgi 3 kun ichida 3ta klub vakili mendan PFL mukofot pullarini qachon berar ekan deb so'rashdi. Bugun erta tongdan to'rtinchi klub vakili ushbu savolni berdi. Bu savolni menga emas to'g'ridan-to'g'ri PFLga berish kerak dedim.

Xo'sh, PFL qachon mukofot pullarini beradi? Tez orada bunga javob olsak ajab emas.


Yil boshida PFL quyidagicha mukofot pullarini e'lon qilgan edi: 

Superliga
1-o'rin uchun 1 000 000 000,00
2-o'rin uchun 800 000 000,00
3-o'rin uchun 700 000 000,00
4-o'rin uchun 600 000 000,00
5-o'rin uchun 500 000 000,00
6-o'rin uchun 400 000 000,00

Pro-liga
1-o'rin uchun 300 000 000,00
2-o'rin uchun 200 000 000,00
3-o'rin uchun 100 000 000,00

Ayollar futboli
1-o'rin uchun 300 000 000,00
2-o'rin uchun 200 000 000,00
3-o'rin uchun 100 000 000,00

Mini futbol
1-o'rin uchun 300 000 000,00
2-o'rin uchun 200 000 000,00
3-o'rin uchun 100 000 000,00



Narzulla Saydullaev

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia