

O'z qitalarining chempionlari 10-20 dekabr kunlari Yaponiyada o'tkaziladigan musobaqada sayyoramizning eng kuchli klubini aniqlab berishadi.
Qur'a natijasiga ko'ra, Yevropa chempionlar ligasining amaldagi g'olibi “Barselona” hamda Libertadores Kubogi sohibi “River Pleyt” (Argentina) klublari o'z ishtirokini to'g'ridan-to'g'ri yarim finaldan boshlaydi.
Klublar o'rtasidagi JCH-2015ga qur'a tashlandi
CHORAK FINALLAR
Birinchi juftlik: KONKAKAF chempionlar kubogi g'olibi - Osiyo chempionlar ligasi g'olibi
Ikkinchi juftlik: Afrika chempionlar ligasi g'olibi - Okeaniya chempionlar ligasi g'olibi (“Oklend Siti” yoki Jey-liga chempioni)
YARIM FINALLAR
Yevropa chempionlar ligasi g'olibi (“Barselona”) - Birinchi juftlik g'olibi
Ikkinchi juftlik g'olibi - Libertadores Kubogi sohibi (“River Pleyt” Argentina)
Eslatib o'tamiz, o'tgan yili Marokashda o'tkazilgan klublar o'rtasidagi jahon chempionatida Madridning “Real” klubi g'oliblikni qo'lga kiritgan edi. “Qirollik klubi” finalda Argentinaning “San-Lorenso” jamoasidan 2:0 hisobida ustun kelgandi.



