Kloze Myullerga ishonmoqda

Aslanov Jasurbek
7 iyul 2016, 22:30
Germaniya terma jamoasining sobiq hujumchisi Miroslav Kloze Tomas Myuller borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.


- Tomasni juda yaxshi bilaman. Tomas kerakli pallada gol uradi. Myuller hech qachon taslim bo'lmaydi. Tomas Myuller finalda g'alaba keltiruvchi golni ursa, unda uning gol ura olmayotgani haqidagi gap-so'zlar puchga chiqadi. Hech kim uning golsiz seriyasini eslamaydi.

Yarim finalda Germaniya hamda Fransiya o'rtasida bizni qiziqarli bahs kutmoqda. Jamoamning barcha a'zolari ushbu o'yinda ishtirok etolmasliklari kishini bezovta qiladi. Ammo men sobiq jamoadoshlarimga ishonaman, ular uddalashadi.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Kicker