Kloppning ketishi ortidan “Liverpul”ning bir qator yetakchilari jamoani tark etishi mumkin

Khoja
28 yanv 2024, 10:45
Yurgen Kloppning “Liverpul” bosh murabbiyligidan ketish qarori “qizillar”ning uchta asosiy o'yinchisining ketishiga olib kelishi mumkin.

Trent Aleksander-Arnold, Virjil van Deyk va Muhammad Saloh yozda jamoani tark etishi mumkin. Barcha futbolchining shartnomasi 2025 yilga qadar mo'ljallangan. Kloppning ketishi ortidan futbolchilarning yangi shartnomaga qo'l qo'ymaslik ehtimoli ortgan.

Eslatib o'tamiz, Klopp juma kuni jamoani yozda tark etishini e'lon qilgandi. U ingliz jamoasini 2015 yildan beri boshqarib kelmoqda.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com