Kloppning fikricha, "Liverpul" Chempionlar ligasida o'ynashga munosib
Aslanov Jasurbek
21 may 2017, 13:58
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Kloppning fikricha, uning shogirdlari Chempionlar ligasida o'ynashga munosib bo'lishdi.
"Ular bunga 100% munosib. Bu o'zgacha mavsum. Chempionlar ligasida ishtirok etish uchun 76 ochko kerak bo'lishi har doimo ham sodir bo'lavermaydi. Shu sababli ular doimo tayyorlar. Ular bunga munosib" - deydi Klopp.