Klopp "Tuluza" ustidan qozonilgan yirik g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirdi

Aziz Tukhtamuradov
27 okt 2023, 08:04
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Tuluza"ga qarshi o'yindan so'ng (5:1) o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Biz qiynalgan vaziyatlar ham bo'ldi, ammo asosiy vaqtlarda biz nazorat qildik. Yaxshi gollar urdik, xech kim jarohat olmadi - ajoyib oqshom. Biz yoshlarni ham tushirishimiz mumkin bo'ldi".

Yosh futbolchilar haqida

"Ularga hozir bu narsa kerak deb o'yladik. Ularga harakatlari juda yoqqanligini aytishim mumkin, lekin buni vaqti-vaqti bilan isbotlab turish kerak bo'ladi. Yaxshi vaziyatlarda yigitlarga imkoniyat bersa bo'ladi. Ular bundan foydalanishdi. Bizda yosh yaxshi yigitlar bor va biz ularga ishonamiz.


Endoning goli haqida

"U kuchli futbolchi. U "Shtutgart" safida ham aqlbovar qilmas gollar urgan. U yaxshi o'yin o'tkazdi. Bu oldinga tashlangan qadam bo'ldi", - dedi Klopp. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: BBC Sport