Klopp Roberstonning jarohati haqida to'xtaldi

Sherzod Nurmatov
10 avg 2021, 19:46
"Liverpul" ustozi Yurgen Klopp chap qanot himoyachisi Endryu Robertsonning jarohati haqida gapirdi.

Shotlandiyalik fulbek tizzasidagi jarohat tufayli noma'lum muddatga safdan chiqdi. 

"O'ylaymanki, omadimiz keldi. Hammasi bundan yomonroq bo'lishi mumkin edi. Robertson uzoq muddatga safdan chiqqani yo'q. U sentyabrda jarohatdan tiklanadimi yoki yo'q, buni bilmayman. Ammo avvalroq aytdanimdek, bizga bu borada omad kuldi", – dedi Klopp.

Robertson o'tgan mavsumda "Liverpul" uchun 50 o'yinda qatnashib, 1 ta gol urdi va 7 ta golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Liverpool Echo