Klopp: “Liverpul”da sovrinlarni kutishmoqda, ammo men bunga vada berolmayman”

24 iyul 2018, 07:37
“Liverpul” bosh murabbiy Yurgen Klopp yangi mavsum haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Liverpul” bu mavsumda sovrin yutishi shartmi? Ha, deya javob berishadi bu savolga ko'pchilik. Bu bizning keyingi qadamimiz bo'ladi va biz bunga tayyor bo'lishimiz lozim.

Men hech qanday kafillik berolmayman, ammo shunday o'ylayotgan muxlislarni tushunaman. Bu yerda fanatlar nimani istashlarini bilaman. Bu normal holat.

Biz o'zimiz o'zimizdan ko'proq narsani kutayapmiz. Biz chempionatda barcha kuboklarda g'olib bo'lishga intilamiz, lekin biz bularning barchasida g'olib bo'lamiz degani emas. Shunga qaramay, bizda g'oliblik ishtiyoqi juda yuqori. Bunga 100 foiz kafilman”, deya Kloppning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda The Telegraph nashri.

2017/18 yilgi mavsumda “Liverpul” Angliya chempionatida uchinchi o'rinni qo'lga kiritdi va YCHLda finalga qadar yetib bordi.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Telegraph