

"Mane bugun o'ynamadi, biroq u chorshanba kunigacha tayyor bo'ladi.
Shifokorimiz bilan uchrashdim. U Jo Gomes, Trent Aleksandr-Arnold va Jordan Xendersonning holatini yana bir necha kunlar davomida tekshirishini aytdi. Har o'yindan keyin ayrim futbolchilarda og'riqlar paydo bo'ladi.
Xendoning tizzasida jarohati bor, biroq u o'ynashda davom etmoqda. Bu yaxshi belgi. Biroq ayrim futbolchilar shu orqali o'z holatini yomonlashtirishi mumkin. Jo Gomes ham tizzasida muammo bor. Voqealar rivojini kuzatamiz", - dedi Klopp.



