Klopp: "Liverpul" hatto Xoland bilan shartnoma imzolashga urinmaydi ham"

Alisher
6 apr 2022, 16:58
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Erling Xoland bilan ehtimoliy shartnoma imzolash haqida gapirdi.

"Biz hatto Xoland bilan shartnoma imzolashga urinmaymiz ham. OAVdagi narsalarni shunchaki tasavvur etib bo'lmaydi.

Biz ushbu transferga aloqador bo'lmaymiz, bu yerda umuman imkonimiz yo'q. To'g'risini aytsam, bunday transferlarni xohlamayman ham", - deydi Klopp.

Transfermarkt 21 yoshli norvegiyalik futbolchini 150 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports