Klopp "Liverpul" bilan 200ta g'alabaga erishgan 5-murabbiy

Alisher
4 noya 2021, 10:20
"Liverpul" Chempionlar Ligasi guruh bosqichida "Atletiko" (2:0)ni mag'lubiyatga uchratdi.

Yurgen Klopp barcha musobaqalarda mersisaydliklar bilan 200 g'alabaga erishgan beshinchi bosh murabbiyga aylandi. Unga buning uchun 334ta o'yin kerak bo'ldi.

54 yoshli nemis 2015 yildan beri "Liverpul"da ishlaydi.

Rekordchi - Bill Shenkli, "qizillar" bilan 407ta g'alabaga erishgan. Top-4dan shuningdek Tom Uotson (329), Bob Peysli (309) va Kenni Dalglish (222) o'rin olgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Opta