Klopp: "Ko'pchilik "Siti" "Brayton"ni yutadi deb o'ylayapti, ammo hali hech narsa ma'lum emas"

Aslanov Jasurbek
11 may 2019, 18:16
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp Angliya chempionatining so'nggi turi haqida fikr bildirdi.

"Manchester Siti"ni ajoyib mavsum bilan tabriklayman.

Ko'pchilikning fikricha, "Liverpul" "Vulverxempton"ni, "Siti" esa "Brayton"ni mag'lub etadi, ammo "Brayton" "Arsenal"ga qarshi bahsda hammani hayron qoldirdi.

Endi bu jamoa bosimsiz ajoyib o'yin ko'rsatishi mumkin. Ular "Siti"ga qarshi ko'p vaqt himoyalanish kerakligini yaxshi bilishadi.

Bu futbol, hali hech narsa ma'lum emas, ammo bu haqida o'ylayotganim yo'q. Men faqat "Vulverxempton"ga qarshi bahs haqida bosh qotiryapman" - deydi Klopp.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports