Klopp: "Ishonaman, ushbu "Liverpul" sovrin qo'lga kirita oladi"

Mirjalol Normatov
14 okt 2018, 10:55
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoasi bu mavsumda sovrin qo'lga kiritishiga ishonmoqda.

"Oldin ham aytganimdek, qachon sovringa ega chiqishimizni bilmayman. Biroq ishonaman, bu jamoa sovringa ega chiqadi. Ammo hozircha keling, hayotdan va futboldan va bizning natijalarimizdan rohatlanaylik", - dedi Klopp.

Germaniyalik mutaxassis 2015 yilning oktyabrida "Liverpul" boshqaruviga kelgandi. Uning davrida "qizillar" Angliya Liga kubogi, Yevropa ligasi va YCHL finaliga chiqdi va barchasida mag'lub bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/LFC