Klopp Gyotcega omad tiladi

5 iyul 2013, 15:32
Dortmundning “Borussiya” klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp, klubning sobiq yarim himoyachi Mario Gyotcedan hech ham xafa emasligi aytib o'tdi, deb xabar bermoqda nemis OAV.

Kloppning so'zlariga ko'ra, u futbolchining “Bavariya” tarkibidagi o'yinlarini odatdagidek kuzatib boradi.

“Bizlar Marioni “Bavariyaga” o'tayotganligi haqida xabarni birinchi bor eshitganimizda hayratlanib qoldik. Biroq men unga kelgusi faoliyatiga omad tilab qolaman”, - deya ta'kidladi Klopp.

Eslatib o'tamiz, Gyotcening “Bavariya”ga o'tayotganligi haqidagi birinchi habar, Chempionlar ligasi finalidan oldin tarqalgan edi. Shundan so'ng “Borussiya” hamda “Bavariya” klublari o'rtasidagi aloqalarga sovuqchilik tushgan edi.


Manba: championat.com