Klopp: "De Bryuynening jarohatidan faqat ahmoq xursand bo'ladi"

Aslanov Jasurbek
18 avg 2018
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne jarohat olganidan xafa ekanligini aytdi.

"Kevinning jarohatidan xursandmanmi? Bundan faqat ahmoqgina quvonishi mumkin. Kevin tezroq sog'ayib kyetishini istayman.

De Bryuyne menga yoqadi. Uni Dortmundda ko'rishni istagan edi, ammo Kevin u erga "Chelsi" futbolchisi sifatida kelgan va Joze Mourinyo uni menga bermagan!

O'tgan mavsum Kevin juda yaxshi o'yin ko'rsatdi. Gvardiola jamoasi xafa bo'lmasa ham bo'ladi, chunki "Manchester Siti"da boshqa variantlar bor. Biz boshqa klub ishlariga aralashmaymiz" - deydi Klopp.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports