

“Meni futbolda hayratda qoldirish qiyin. Men “PSJ” – “Bavariya” uchrashuvini tomsha qildim. Futbolda individual mahorat bazida asosiy rolda bo'ladi. “Bavariya” bilan aynan shunday bo'ldi.
Ammo gap bu uchrashuv, umuman bu o'yin haqida emas. “Bavariya”ning o'yini rahbariyatni qoniqtirmayotgandi. Shu sabab ular shunday qarorga kelishdi. Ammo ular aynan nega shunday qarorga kelganliklarini tushunmayapman.
Agar “Bavariya” boshqa murabbiy bilan yaxshiroq natijalarga erishsa, men faqat ularni tabriklashim mumkin. Agar Karlo yana murabbiylik qilishni istasa, o'ylaymanki, u o'ziga fantastik jamoa topa oladi, va o'zining qay darajada murabbiy ekanligini isbotlay oladi.
Menimcha, “Bavariya”da Anchelottining iste'foga chiqarishdan ham kattaroq muammolar mavjud”, deya o'zi fikrini bildirib o'tgan Klopp.


