Klopp: "Alisson bunchalik kuchli ekanligini bilganimda ikki baravar ko'p pul to'lagan bo'lardim"

Aslanov Jasurbek
13 dek 2018, 10:58
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Napoli"ga qarshi Chempionlar ligasi guruh bosqichining 6-tur o'yinidan (1:0) so'ng darvozabon Alisson Bekerni maqtadi.

"Alisson bunchalik kuchli ekanligini bilganimda ikki baravar ko'p pul to'lagan bo'lardim. U to'p bilan juda xotirjam harakat qiladi va bu bilan jamoaga yordam beradi. Krosslarda ham unga etadigani yo'q. Ha, "Napoli"ga qarshi bahsdagi seyv hayratlanarli" - deydi Klopp.

Eslatib o'tamiz, Alisson "Roma"dan 62,5 mln. evroga sotib olingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Guardian