Klinsman: Milan yana futbol poytaxtiga aylanishi shart

11 yanv 2018, 00:44
Futbolchilik davrida “Inter”da to'p surgan nemis mutaxassisi Yurgen Klinsman Italiya futboli haqidagi fikrlari bilan bo'lishdi.

“Doim neradzurrilarning o'yinlarini televizorda tomosha qilaman. “Inter" muxlislari jamoaga juda yaqin va shu bilan bir qatorda ular juda talabchandir ham. Mening “Inter”im o'zgacha edi. Biz doim bir-birimizga ulkan hurmat bilan qaraganmiz. Klub prezidenti Ernesto Pellegrini bilan uning uyida bo'lgan tushlikni unutmayman. U meni ko'p narsaga o'rgatgan juda ajoyib prezident edi. Milan yana futbol poytaxtiga aylanishi shart. Buning uchun esa “Inter” va “Milan” dunyoning eng kuchli jamoalari safiga qaytishi lozim”, - deydi Yurgen Corriere della Sera’ga bergan intervyusida.

O'xshash yangiliklar


Manba: Corriere della Sera