

Peru terma jamoasi hujumchisi Klaudio Pizarro Myunxen klubi bilan yana bir yillik shartnomaga imzo chekmoqchi. Klaudio Pizarro Bundesliga tarixidagi eng yaxshi to'purarlar ruyxatida beshinchi pog'onaga chiqib olmoqchi. "Bavariya" hujumchi hisobida 174 ta gol bor va u beshinchi o'rinda ketayotgan Ulf Kirstendan atiga 7 ta golga ortda qolmoqda. Keyingi mavsumda perulik futbolchi ushbu maqsadiga etmoqchi.



