Klaudio Markizioning yangi klubi ma'lum

Alisher
5 sen 2019
"Yuventus" sobiq yarim himoyachisi Klaudio Markizio faoliyatini Fransiya chempionatida davom ettiradi.

33 yoshli futbolchi "Monako" bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo'yicha kelishib oldi.

Bitim "1+1" ko'rinishida imzolanadi. Markizio 1 iyulda "Zenit" bilan shartnomasini bekor qilgan edi.

U "Zenit" klubi 15ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishgan.

Eslatib o'tamiz, Markizio "Yuventus"da 2006-2018 yillar davomida faoliyat olib borgan.


AlisherMuallif
Manba: Sport Mediaset