Kimmix "Barselona"ning asosiy transfer nishoniga aylandi

Sherzod Nurmatov
20 may 2023, 14:07
"Barselona" "Bavariya" yarim himoyachisi Joshua Kimmix bilan shartnoma imzolamoqchi.

Kataloniya klubi germaniyalik futbolchini yozdagi asosiy maqsadi sifatida belgilab oldi.

"Ko'k-anorranglilar" Kimmixni Serxio Busketsga munosib o'rinbosar bo'ladi deb hisoblamoqda.

Yarim himoyachi joriy mavsum 45 ta o'yinda 7 ta gol urdi hamda 11 ta golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo