Kim u? (javoblar)

Aslanov Jasurbek
26 noya 2018, 17:18
O'quvchilarimiz zerikib qolmasliklari uchun bergan boshqotirmamiz javoblarini e'lon qilamiz.

Biz futbolchi yutgan bazi sovrinlar va u birga to'p tepgan o'yinchilarni nomini yozgan edik.

1. Luka Modrich va Janluiji Buffon bilan o'ynagan. 2 marta Germaniya Kubogi va 1 marta Italiya Superkubogini qo'lga kiritgan. Javob: Mario Manjukich.

2. Fernando Muslera va Tyago Motta bilan o'ynagan. 1 marta Italiya Kubogi va 4 marta Fransiya chempionatida g'olib bo'lgan. Javob: Edinson Kavani.

3. Esteban Kambyasso va Aren Robben bilan o'ynagan. 1 marta Chempionlar ligasi va 1 marta Ispaniya Superkubogida g'olib bo'lgan. Javob: Uesli Sneyder.

4. Vendell va Xakan Chalxanoglu bilan o'ynagan. 1 marta Meksika ligasi, 1 marta klublar o'rtasidagi jahon chempionati g'olibi bo'lgan. Javob: Chicharito.

5. Miroslav Kloze va Lukas Podolski bilan o'ynagan. 3 marta Bundesliga va 1 marta Turkiya chempionati g'olibi bo'lgan. Javob: Mario Gomes.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia