Kike Seten: “Messi murabbiylarni eng yaxshiga aylantira oladi”

18 yanv 2020, 00:57
“Barselona”ning yangi ustozi Kike Seten jamoasi forvardi Lionel Messi haqida fikrlarini bildirib o'tdi.

“Men Messi haqida aytilgan hamma fikrlarga qo'shilaman. Unda ajoyib ko'rsatkich bor, futbol tarixida hech bir futbolchi u qilgan ishni qila olmagan.

U har bir bahsni favqulodda bir faollik bilan o'tkazadi. Betakror futbolchi. U kabi futbolchi yana tug'ilishiga ishonish qiyin.

Lionel biz murabbiylarni ham eng yaxshi murabbiyga aylantira oladi. 

Endi vaziyatga boshqacharoq qarayapman. Chunki u mening jamoamda to'p tepadi va sen undan maksimum foydalanishga urinasan. Unga ortiqcha gap gapirishni hojati yo'q, chunki raqobatbardosh futbolchi ekanligi ko'rinib turibdi”, deydi Seten.

O'xshash yangiliklar


Manba: Marca