

Oldinroq O'zbekistonda tug'ilgan Artur Babaev ("Arteezy") o'ynaydigan "Evil Geniuses" jamoasi ushbu musobaqaning chorak finalida Rossiyaning "Virtus.pro" klubiga qarshi bahs olib borishini e'lon qilgan edik. Ushbu o'yin saytimiz orqali to'g'ridan-to'g'ri olib ko'rsatildi. Artur Babaev jamoasi ushbu bahsda ham ishonchli g'alabani (2:0) qo'lga kiritdi. "Evil Geniuses" endi yarim finalda OG jamoasiga qarshi kurashadi. Babaev jamoasi 250 000 AQSH dollari miqdoridagi yutuqni naqd qildi. Agar "Evil Geniuses" turnir g'olibiga aylansa, ularga 1 000 000 AQSH dollari miqdorida mukofot puli topshiriladi.



