

"Yuventus" klubi futbolchisi Federiko Keza faoliyatini katta ehtimol bilan APLda davom ettiradi. Vingerning keyingi klubi "Tottenxem" bo'lishi kutilmoqda.
Calcionapoli24 nashrining xabar berishicha, vinger Italiyada qolmaydi. Avvalroq, uni "Roma" yoki "Napoli"ga o'tishi xabar berilgandi.
26 yoshli Keza 30-35 mln evro evaziga "Yuventus"dan "Tottenxem"ga o'tadi.
Ma'lumot uchun, Federiko o'tgan mavsum A Seriyada 33 ta o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol urgan.



