Keyrush Makelelening "Real"dan ketgani sababini aytdi

Mirjalol Normatov
12 okt 2018, 20:56
"Real"ning sobiq bosh murabbiyi, ayni damda Eron termasi ustozi Karlush Keyrush Madrid jamoasida ishlash qiyinchiligi haqida gapirdi.

"Ispaniya Superkubogidan keyin Fernando Morentesga: "Seshanbada ko'rishamiz" dedim. U esa menga: "Seshanba? Nima bilmaysizmi, klub meni "Monako"ga transfer qildi", degandi.

Bu haqda hech nimani bilmasdim, mayli. Menda Makelele bor edi. Ivan Elgerani markazga qo'yishga qaror qildim, u bunga juda ham yaxshi edi. Biroq shundan keyin Makelele "Chelsi"ga o'tib kedi, chunki uning ismi yozilgan liboslar etarli darajada sotilmadi. U ketganidan keyin Bekxem markazga o'tdi. Devid qanot futbolchisi edi. Ammo u "Real"ga o'tganida uning joyida Luish Figu o'ynardi", - dedi Keyrush.

Portugaliyalik murabbiy 2003/04 yilgi mavsumda "Real"ni boshqargan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Espana