Keyrush: "Agar Peres futbolni yaxshi tushunaman deb o'ylasa xato qiladi"

Aslanov Jasurbek
20 apr 2016, 12:43
"Real" sobiq ustozi, hozirda Eron terma jamoasi bosh murabbiyligi vazifasini bajarayotgan Karlush Keyrush "Qirollik klubi" prezidenti Florentino Peres haqida fikr bildirdi.

"Peres - ajoyib inson. Ammo u futbolni yaxshi tushunaman deb o'ylasa, xato qiladi. U o'z paytida bazi narsalarni tushunishni istamagan va bunga men "pul to'laganman". Oldin ham aytganman, g'ildiraksiz "Ferrari" yura olmaydi. O'sha paytda Morentesni saqlab qolib, Makeleleni sotmay, Yerro o'ringa kuchli markaziy himoyachi olish etarli edi" - deydi Keyrush.

Keyrush 2003-04 mavsumda "Real"ni boshqargan va 2004 yilning mayida salbiy natijalar tufayli iste'foga chiqarilgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Cadena Cope