Keyn: "Tottenxem"ning "Kamp Nou" va "San-Siro"dagi o'yinlarini sabrsizlik bilan kutyapman"

Aslanov Jasurbek
31 avg 2018, 11:25
"Tottenxem" forvardi Garri Keyn Chempionlar ligasi guruh bosqichiga tashlangan qur'a natijalari borasida fikr bildirdi.

Angliyalik hujumchi "Barselona" va "Inter" bilan o'ynashdan xursandligini aytdi. Bu guruhdagi to'rtinchi jamoa PSV bo'ldi.

"Qur'a ajoyib bo'ldi! Biz "Kamp Nou", "San-Siro" kabi ajoyib stadionlarda o'ynaymiz! Bu bahslarni sabrsizlik bilan kutyapman.

O'tgan mavsum bu darajada o'ynashga qodirligimizni isbotladik, ayniqsa "Real"ga qarshi o'yinimizni ko'rsak.

"Barsa" bilan o'yin yana bir imtihon bo'ladi. Ammo dunyoning eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi o'ynashimizdan mamnunman. Kuchlilar bilan o'ynab, yirik bahslarda ishtirok etmoqchiman. Qur'a natijalari bizga shu narsani taminlab berdi.

PSV ham "Inter" kabi kuchli jamoa. Bu klublar buyuk tarixga ega" - deydi Keyn.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Mirror