Keyn Shiryerdan o'tdi va mehmonda gol urish bo'yicha APL tarixida ikkinchi o'ringa ko'tarildi

Alisher
18 okt 2021, 18:37
"Tottenxem" kecha APL 8-tur doirasidagi "Nyukasl" (3:2)ga qarshi o'yinda g'alabaga erishdi.

"Shporlar" gollaridan biriga hujumchi Xarri Keyn mualliflik qildi. Bu 28 yoshli forvard uchun APLdagi 128ta mehmondagi o'yinda 88-gol bo'ldi.

Keyn bu borada mehmonda 87ta gol urgan Alan Shiryerdan o'tib ketdi.

Keyn endi APLda mehmonda gol urgan eng yaxshi to'purarlar ro'yxatida ikkinchi o'ringa chiqib oldi. Rekord Ueyn Runiga tegishli - mehmondagi 243ta o'yinda 94ta gol.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Sun