Keyn faoliyatini qaysi klubda davom ettirmoqchiligi ma'lum

Eldor Akmurzayev
19 may 2021, 19:35
“Tottenxem” yetakchisi Xarri Keyn “Manchester Siti”ga o'tishni xohlamoqda.

“Shaharliklar” vakillari allaqachon Keyn bilan muzokaralarni boshlagan. 27 yoshli futbolchi londonliklarni tark etishni o'ylamoqda, ammo u APLdan ketish niyati yo'q.

Xarri Keyn joriy mavsum Angliya chempionatida 33 o'yinda qatnashib, 22+13 natijaga erishgan holda ligadagi eng yaxshi futbolchi bo'lib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: The Times