

"Tottenxem" hujumchisi Xarri Keyn "Lids"ga qarshi uchrashuvda gol urdi. Bu ingliz hujumchisining 38 uchrashuvdagi 26-goli bo'ldi. Shu tariqa, Xarri Keyn Endi Koulning angliyalik futbolchilar ichida bir mavsum davomida gol urish bo'yicha rekordini takrorladi. Endi Koul 1993-1994 yilgi APL mavsumida 26 ta gol kiritgandi. Shuni qo'shimcha qilish joizki, "Nyukasl" futbolchisi o'shanda 42 turlik formatda bu rekordni qayd etgandi.



