

"Tottenxem" hujumchisi "Manchester Siti"ga qarshi o'yinda Angliya chempionatidagi 200-golini urdi.
Keyn Alan Shirer (260 gol) va Ueyn Runi (208 gol)dan keyin bu ko'rsatkichga erishgan uchinchi futbolchiga aylandi.
Shu bilan birga, Harri bu natijaga erishish uchun eng kam o'yin o'tkazgan o'yinchiga aylandi - 304 uchrashuv. Shirer Premer-ligadagi 200-golini 306-o'yinda, Runi esa 462-o'yinda kiritgan.



