Kexill 19 yil o'tib Avstraliyaga qaytdi

Aslanov Jasurbek
11 avg 2016, 13:14
Hujumchi Tim Kexill faoliyatini "Melburn Siti"da davom ettiradi.

Tomonlar o'rtasidagi kelishuv 3 yilga mo'ljallangan. Tim birinchi ikki yil futbolchi sifatida ishlaydi, keyin esa murabbiy bo'ladi. U 17-raqam ostida to'p tepadi.

Kexillning so'nggi klubi Xitoyning "Xanchjou Grintaun" bo'lgan. 36 yoshli futbolchi "Sidney" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, ammo u 19 yil oldin Avstraliyani tark etgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com