Kevin De Bryuyne qachon safga qaytishi mumkinligini aytdi

Aslanov Jasurbek
21 sen 2018, 10:50
15 avgustda mashg'ulot paytida jarohat olgan "Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne qachon safga qaytishi mumkinligi haqida aytdi.

"Menga yana 4-5 hafta kerak, ammo qaytaman. Keyingi xalqaro tanaffusdan so'ng maydonda bo'lishga umid qilyapman. Manchester derbisigacha safga qaytaman deb o'ylayman" - deydi belgiyalik.

O'tgan mavsum 27 yoshli futbolchi APLning 37ta uchrashuvida maydonga tushib, 8ta gol urdi va 17ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: HLN